Ish Vaqti: 8.00 - 17.00

Oʻzbekiston Iqtisodiy Assambleyasi va Jahon banki vakillarining uchrashuvi bo'lib o'tdi

2025-yil 29-yanvar kuni O‘zbekiston Iqtisodiy Assambleyasi va Jahon banki vakillari o‘rtasida iqtisodiy rivojlanish, eksport imkoniyatlari va turli tarmoqlardagi muammolarni muhokama qilish maqsadida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanish strategiyasi, sarmoyaviy muhitni yaxshilash, eksport hajmini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Bundan tashqari, ishtirokchilar iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda uchrayotgan qiyinchiliklar va ularni bartaraf etish yo‘llari haqida fikr almashdilar.

Jahon banki vakillari O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy o‘zgarishlarni yuqori baholadilar va mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar berdilar.

Share:

Bizning ishonchli hamkorlarimiz