Mintaqa uchun yangi imkoniyatlar, yangi bozorlar va yangi integratsion platformalar
Going INVESTMENT LLC JV kompaniyasi Central Asia Smart City mega-loyihasi orqali Oʻzbekiston va butun Oʻrta Osiyo davlatlari oʻrtasidagi iqtisodiy, logistika, turizm va innovatsion hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish uchun bel bogʻlagan. Loyiha mintaqaviy integratsiyani chuqurlashtirish, yagona iqtisodiy makon yaratish, transport va savdo oqimlarini erkinlashtirish hamda zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etish orqali barqaror taraqqiyotga hissa qoʻshishni maqsad qiladi.
Smart City konsepsiyasi doirasida qulay investitsion muhit, innovatsion infratuzilma, xalqaro biznes markazlari, erkin iqtisodiy va logistika zonalari tashkil etilishi Oʻrta Osiyoda o‘zaro bogʻliqlikni kuchaytiradi. Ushbu tashabbus nafaqat Oʻzbekistonning, balki qoʻshni davlatlarning ham iqtisodiy salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.
Going INVESTMENT mintaqa uchun yangi imkoniyatlar, yangi bozorlar va yangi integratsion platformalarni yaratish yo‘lida faol ish olib bormoqda.








