Ish Vaqti: 8.00 - 17.00

Markaziy Osiyoda texnologik uyg‘onish sari qadam

“Central Asia Smart City” loyihasi Turkiy Davlatlar hususiy sector kompaniyalari  bilan strategik hamkorlikda amalga oshiriladi

O‘zbekiston Iqtisodiyoti Assambleyasining moliyaviy homiyligida qurilishi rejalashtirilayotgan  “Central Asia Smart City” mega-loyihasi  uchun Turkiy Davlatlar hususiy sector kompaniyalari bilan keng qamrovli hamkorliklar olib borayotgan yetakchi konsalting kompaniyalaridan biri — ROK Uluslararası Danışmanlık A.Ş. (Turkiya) bilan hamkorlikda rasmiy hamkorlik protokoli va anglashuv memorandumi imzolandi. 

Mazkur loyiha O‘zbekistonning zamonaviy urbanizatsiya, texnologik taraqqiyot va yashil infratuzilmalarni birlashtirgan yangi avlod shaharchasi bo‘lib, u mintaqaning iqtisodiy, texnologik va logistika markaziga aylanishi kutilmoqda.


🌐 Loyiha ta’rifi:

Central Asia Smart City — umumiy maydoni 6 400 gektarni tashkil etuvchi aqlli, yashil va barqaror shahar kontseptsiyasida bunyod etiladi.

Shahar quyidagi natijalarga xizmat qiladi:

  • 300 000 kishiga zamonaviy uy-joy bilan ta’minot
  • 510 000 kishiga doimiy ish o‘rni
  • 1,5 million aholiga bevosita va bilvosita iqtisodiy foyda

🔑 Loyihaning asosiy komseptlari:

  • Sun’iy intellekt asosida boshqariluvchi infratuzilma, aqlli transport, yashil energiya tizimlari
  • Markaziy Osiyo Moliya Markazi – xalqaro investitsiyalar uchun markaziy tugun
  • Erkin iqtisodiy va sanoat zonalari – innovatsion ishlab chiqaruvchilar uchun qulay makon
  • Mintaqaviy logistika markazi – global savdo tarmog‘iga ulangan strategik nuqta
  • Axborot texnologiyalari va startap inkubatorlari
  • Turizm, madaniyat va transport markazi

🤝 ROK Uluslararası Danışmanlık A.Ş. ning roli:

Turkiyaning yirik loyiha boshqaruvi va investitsiya konsalting kompaniyasi sifatida ROK Uluslararası Danışmanlık A.Ş. ushbu mega-loyihani xalqaro maydonga olib chiqishda yetakchi o‘rin tutadi:

Xalqaro ko‘rgazma, investitsiya forumlari va konferensiyalarda loyiha targ‘ibotini olib boradi
Turkiy davlatlar biznes olami, sarmoyadorlar va hukumat vakillari uchun maxsus taqdimotlar tashkil etadi
Xususiy sektor vakillari va strategik investorlarni loyihaga jalb etish bo‘yicha faol ishlaydi
Logistika, qurilish, energetika va texnologiyalar sohasidagi yetakchi turk kompaniyalarini loyihada ishtirok etishga chorlaydi


🧭 Kelajak sari qadam

“Central Asia Smart City” — bu shunchaki qurilish emas. Bu — Markaziy Osiyo taraqqiyotining yangi modeli, aholiga zamonaviy va qulay hayot tarzini taklif qiluvchi, investorlarga esa barqaror va xavfsiz muhitda o‘sish imkonini beruvchi universal bilim va texnologiyalar platformasi.

O‘zbekiston va Turkiy Davlatlar xususiy sector kompaniyalari o‘rtasidagi ushbu strategik hamkorlik nafaqat ikki tomonlama iqtisodiy aloqalarni, balki butun mintaqaning kelajagini shakllantirish yo‘lida muhim tarixiy bosqich bo‘lib xizmat qiladi.

Share:

Bizning ishonchli hamkorlarimiz