CA Smart City kelajakdagi shaharsozlik rivojlanishi uchun namuna bo‘ladi.
O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligida, O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov aqlli shahar loyihasining tafsilotlari bilan tanishdi.
Taqdimotda O‘zbekiston Iqtisodiyot Assambleyasi raisi Muhtor Umarov, loyiha fikr va konsept muallifi Avazbek Abdulxayev hamda loyiha master rejasi muallifi "ND İmar kompaniyasi" rahbari Nadir Dog‘anlar “Central Asia Smart City” loyihasining asosiy maqsadi hisoblangan – Markaziy Osiyo va jahon miqyosida kelajakdagi shaharsozlik rivojlanishi uchun namuna bo‘lib xizmat qiladigan, barqaror va texnologik jihatdan rivojlanishning asosiy beshta konseptiga alohida urg‘u berilganligini taqdim qildilar.
Bular:
1. Markaziy Osiyoda birinchi “aqlli va yashil shahar”ni barpo etish konsepsiyasini to‘liq ishlab chiqish;
2. Markaziy Osiyo moliya markazini rivojlantirish va moliya tashkilotlarini jalb qilish konsepsiyasini ishlab chiqish;
3. Markaziy Osiyodagi eng yirik texnologik kichik, o‘rta va yirik sanoat zonalarining rivojlanish va shakllanish tartib va qoidalarini ishlab chiqish;
4. Markaziy Osiyodagi eng yirik “Dunyodan Markaziy Osiyoga hamda Markaziy Osiyodan Dunyoga” konsepsiyasida shakllanadigan logistika markazi bazasini qurish va rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish;
5. Markaziy Osiyoning nufuzli bilim va texnologiya olimlari, mutaxassislari, muhandislari, innovatorlari va startaplarning rivojlanishlari uchun yangi avlodni tayyorlaydigan infratuzilma konsepsiyasini ishlab chiqish va rivojlantirish bosqichlarini belgilash.
Loyihaning muhimligi va Vazirlik darajasida qo‘llab-quvvatlanishi alohida takidlandi.