Turkiyaning VİZYON 21 kompaniyasi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi
2025-yil 14-aprel kuni Toshkent shahrida Oʻzbekiston Iqtisodiyot Assambleyasi bilan Turkiyada joylashgan VİZYON 21 TA’LIM, TASHKILOT, TEXNOLOGIYA, SANOAT VA TASHQI SAVDO MCHJ oʻrtasida tashqi savdo va investitsiya sohasida strategik hamkorlikka oid hamkorlik memorandumi imzolandi.
Ushbu hujjat Central Asia Smart City mega-loyihasi doirasida Turkiya va xalqaro investorlarni jalb etish, biznes tarmoqlarini shakllantirish va savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirishga qaratilgan.
Imzolash marosimida VİZYON 21 MCHJ vakili Mehmet Türker va Oʻzbekiston Iqtisodiyot Assambleyasining Turkiyadagi vakili, Biznes Diplomat Avazbek Abdulkhaev ishtirok etdi.
Tomonlar investitsion muhitni yaxshilash, B2B uchrashuvlar tashkil etish, savdo ko‘rgazmalari o‘tkazish va ikki davlat ishbilarmonlari oʻrtasida barqaror platforma yaratishga kelishib oldilar.














