Ish Vaqti: 8.00 - 17.00

Aqlli Shaxarda EDU-JOB Loyihasi: O‘zbekiston va Turkiya yoshlar ta’limi hamkorligida yangi bosqich

Sana: 2025-yil 11-aprel  
Manzil: Toshkent, O‘zbekiston

Bugun O‘zbekiston Ekonomi Meclisi (Assambleya) va Turkiyaning Hakkı Öztürk Eğitim ve Danışmanlık Firması o‘rtasida EDU-JOB loyihasi doirasida o‘zaro anglashuv Memorandumi imzolandi.

Mazkur hujjat, O‘zbekistondagi yoshlarning kasbiy malakasini oshirish, ularga xalqaro standartlarga mos ta’lim dasturlarini taklif qilish, va ularni ishga joylashtirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida imzolandi.

Ushbu tashabbus doirasida:  

- Turkiyalik mutaxassislar ishtirokida o‘quv kurslari, seminarlar va sertifikatlash dasturlari o‘tkaziladi,  
- Mahalliy yoshlar uchun kasb-hunar yo‘nalishida o‘quv modullari ishlab chiqiladi,  
- O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida kasbiy malaka tan olinishiga oid muvofiqlik choralari ko‘riladi.

Bu memorandum, ikki davlat o‘rtasida yoshlarga oid hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.

Share:

Bizning ishonchli hamkorlarimiz