Ish Vaqti: 8.00 - 17.00

ELF PREFABRIK va GOING INVESTMENT O‘zbekistonda sanoat va qurilish sohasida strategik hamkorlikka tayyorlanmoqda

GOING INVESTMENT MChJ xalqaro koordinatori Avazbek Abdulkhaev Turkiyaning yetakchi sanoat va qurilish kompaniyalaridan biri — ELF PREFABRIK rahbari Sebi Metin Çınar bilan Ankara shahridagi kompaniya ishlab chiqarish zavodida uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot davomida tomonlar o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qilib, 2025-yil iyun oyida Toshkent shahrida navbatdagi uchrashuvni tashkil etishga kelishib oldilar.

Mazkur tashabbus Central Asia Smart City mega-loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda. Uchrashuvning asosiy maqsadi — O‘zbekistonda zamonaviy sanoat zonalari qurilishi, ilg‘or prefabrik texnologiyalarni joriy etish, sifat nazorati tizimlarini rivojlantirish hamda texnologik tajriba almashinuvi orqali o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan iborat.

ELF PREFABRIK kompaniyasi vakillari Toshkentga tashrifi davomida mamlakatda sanoat va qurilish sohasidagi mavjud salohiyat, infratuzilma va investitsion imkoniyatlar bilan bevosita tanishish imkoniga ega bo‘ladilar.

Ushbu tashrif O‘zbekiston iqtisodiyotining sanoat yo‘nalishida yangi bosqichni boshlab berishi, innovatsion qurilish yechimlari va xalqaro texnologiyalar integratsiyasi orqali barqaror rivojlanishni ta’minlashi kutilmoqda.

Share:

Bizning ishonchli hamkorlarimiz