Ish Vaqti: 8.00 - 17.00

GOING Investment va Karmod oʻrtasida "Central Asia Smart City" loyihasi boʻyicha hamkorlik bitimi imzolandi

Toshkentda joylashgan GOING Investment MChJ va Turkiyaning Karmod Prefabrik Yapı Texnologiyalari Ltd. Şti. kompaniyalari oʻrtasida "Central Asia Smart City" loyihasi doirasida strategik hamkorlikni koʻzda tutuvchi anglashuv memorandumi imzolandi.

Ushbu memorandum quyidagi yoʻnalishlarda hamkorlikni nazarda tutadi:

* Aqlli shaharlar uchun integratsiyalashgan infratuzilma va ustqurilish loyihalarini ishlab chiqish;
* Prefabrik va modulli bino tizimlarini loyihalashtirish, joriy etish va innovatsion yechimlar bilan integratsiyalash;
* Tez oʻrnatiladigan, barqaror va ekologik toza qurilish texnologiyalarini mintaqada qoʻllash.

Memorandum ikki yil davomida amal qiladi va tomonlarning oʻzaro kelishuvi bilan uzaytirilishi mumkin.
 

Share:

Bizning ishonchli hamkorlarimiz