GOING Investment va Turkiyaning Çarıkçıoğlu Çelik Mobilya kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
2025-yil 19-may kuni Toshkent shahrida GOING Investment MChJ va Turkiyaning Çarıkçıoğlu Çelik Mobilya kompaniyasi o‘rtasida strategik hamkorlikka oid memorandum imzolandi.
Ushbu memorandum O‘zbekistonda qurilish maydonlarida mehnat qilayotgan ishchilarning yashash va shaxsiy buyumlarini xavfsiz saqlash ehtiyojlarini qondirish maqsadida, mahalliy sharoitda yuqori sifatli po‘latdan yasalgan ikki qavatli karavotlar va kiyim shkaflarini ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlikni ko‘zda tutadi.
Hamkorlik doirasida ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, texnik tajriba almashuvi, mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan kooperatsiya va mahsulotlarni ichki va mintaqaviy bozorlarga eksport qilish bo‘yicha ishlar rejalashtirilgan.
Memorandum 24 oy davomida amal qiladi. Hujjat GOING Investment Ta'sischischilaridan Muhtor Umarov va Çarıkçıoğlu kompaniyasi vakili Mahmut Çarıkçıoğlu tomonidan imzolandi.














