O‘zbekistonga biznesni jalb etish masalalari muhokama qilindi.
Assambleya raisi Muxtor Umarov, ijrochi direktor Zayniddin Shamsiddinov, InvestHub rahbari Sardor Otaxonov, boshqaruv assotsiatsiyasi raisi Alisher Shayxov, direktor o‘rinbosari Sherzod Ata-Mirzayev kabi taniqli arboblar ishtirok etgan yig‘ilishda turli mamlakatlarga biznes turlartashkil etish va davlatimizga chet el biznes loyihalarni va sarmoyadorlarini jalb etish masalalari muhokama qilindi.
Tadbir ishtirokchilari xalqaro ishbilarmonlik aloqalarini kengaytirish va O‘zbekistonda investitsiya imkoniyatlari uchun mustahkam platforma yaratish, farovon iqtisodiy kelajakka yo‘l ochish muhimligini ta’kidladilar.












