GOING INVESTMENT va Diverjans Teknoloji oʻrtasida raqamli infratuzilma boʻyicha strategik hamkorlik
Toshkent viloyatida barpo etilayotgan CENTRAL ASIA SMART CITY mega-loyihasi doirasida GOING INVESTMENT MChJ va Turkiyaning ilgʻor texnologiya kompaniyasi Diverjans Teknoloji oʻrtasida oʻzaro hamkorlikka doir Memorandum (MoU) imzolash rejalashtirilmoqda.
Mazkur hujjat taraflarning raqamli shaharsozlik, aqlli infratuzilmalar, IoT tizimlari, IT infratuzilmasi, dasturiy ta'minot integratsiyasi va ilmiy-texnik salohiyatni rivojlantirish boʻyicha hamkorlik niyatini mustahkamlab beradi.
Hamkorlik quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi:
* Aqlli bino va obyektlar boshqaruvi;
* IT infratuzilmasi: serverlar, tarmoqlar va bulut texnologiyalari;
* Maxsus shahar boshqaruvi uchun dasturiy echimlar;
* Texnik ta’lim, konsultatsiyalar va Ar-Ge loyihalari.
Tomonlar o‘zaro texnik va strategik qo‘mitani tashkil etish, har bir sub-loyiha uchun alohida amaliy shartnomalar tuzish, maxfiylikni saqlash va nizolarni muzokaralar orqali hal qilishga kelishib oldilar.














