O‘zbekiston Iqtisodiyot Assambleyasi va Gigant-Stroy-Group MChJ o‘rtasida strategik hamkorlik memorandumi imzolandi
2025-yil aprel oyida, Toshkent shahrida O‘zbekiston Iqtisodiyot Assambleyasi raisi Muxtor Umarov va Gigant-Stroy-Group MChJ asoschisi Avazbek Abdulkhaev o‘rtasida keng qamrovli “Hamkorlik va Strategik Sheriklik Memorandumi” imzolandi.
Ushbu memorandum yangi “Aqlli Shahar” (Smart City) loyihalarini yaratish, ularga investorlar jalb etish, texnologik va muhandislik echimlarini ishlab chiqish, shuningdek, “Made in Uzbekistan” belgisi ostida xalqaro loyihalarni ilgari surish maqsadida tuzildi.
Hamkorlik doirasida tomonlar O‘zbekistonda va boshqa mintaqaviy davlatlarda aqlli infratuzilma, sanoat zonalari, turizm va logistika markazlarini barpo etishga qaratilgan loyihalarni birgalikda amalga oshirishni rejalashtirgan. Memorandum, shuningdek, texnik topshiriqlar tayyorlash, malakali kadrlar yetishtirish va texnologik innovatsiyalarni milliy brend sifatida ishlab chiqishni nazarda tutadi.












