O‘zbekiston va Turkiya kompaniyalari o‘rtasida lift va eskalatorlar ishlab chiqarishga oid strategik memorandum imzolandi
2025-yil aprel oyida O‘zbekiston Iqtisodiyot Assambleyasi raisi Muxtor Umarov va Turkiyaning KEPI Asansör Market Ltd. Şti. bosh direktori Emre Ipek o‘rtasida “CA Smart City – Bilim va Texnologiyalar Aqlli Shahri” loyihasi doirasida strategik hamkorlik memorandumi imzolandi.
Tomonlar kelishuvga ko‘ra, O‘zbekistonda zamonaviy lift va eskalator tizimlarini mahalliylashtirish, sertifikatlash va ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlik qiladi. KEPI kompaniyasining ilg‘or texnologiyalari O‘zbekistonga olib kirilib, “Milliy O‘zbek Lift Brendi” yaratiladi. Tayyor mahsulotlar nafaqat mahalliy bozorga, balki O‘rta Osiyo davlatlariga va boshqa xalqaro bozorlarga ham yetkaziladi.
Bu hamkorlik O‘zbekistonda sanoatni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va eksport salohiyatini oshirishda muhim qadam bo‘ladi.












