Ish Vaqti: 8.00 - 17.00

“O‘zbekistonda Ishlab Chiqarilgan” Sertifikati Asosida Oshxona JiHozlari Mahalliy Ishlab Chiqariladi

Toshkent, 2025-yil 11-aprel  


Bugun Özbekiston Iqtisodiyot assambleyasi va Turkiyaning CASPI GROUP A.Ş. (Caspi Cuisine) kompaniyasi oʻrtasida CENTRAL ASIA SMART CITY loyihasi doirasida strategik ahamiyatga ega boʻlgan HAMKORLIK Memorandumi imzolandi.

Mazkur kelishuv asosida O‘zbekistonda ilk bor “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” sertifikatiga ega industriyal oshxona jixozlari ishlab chiqariladi. Bu esa nafaqat iqtisodiyotning mahalliylashtirilishiga, balki yangi ish oʻrinlarining yaratilishiga, innovatsion texnologiyalarning mamlakatga olib kirilishiga va eksport imkoniyatlarining kengayishiga xizmat qiladi.

Kelishuv quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi:

- Mahalliy sanoat bazasida yuqori sifatli endüstriyel oshxona uskunalarini ishlab chiqarish,  
- Otellar, shifoxonalar, va ijtimoiy inshootlar uchun mutaxassislashtirilgan oshxona infratuzilmasini loyihalash,  
- KASPI GROUP tajribasi asosida o‘zbekistonlik ishchilarni o‘qitish va bandlikni oshirish,  
- “Caspi Cuisine” brendini ichki bozorda mahalliylashtirish va eksportga tayyorlash.

Bu hamkorlik O‘zbekiston iqtisodiyoti va sanoati uchun yangi davr boshlanishi bo‘lib, kelajakda regiondagi boshqa davlatlar uchun ham eksport darajasidagi mahsulotlarni yetkazib berishga zamin yaratadi.

 

Share:

Bizning ishonchli hamkorlarimiz